• Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam og’rimaysan,
    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam yig’lamaysan?
    Kaftda tutay, gulga o’ray,
    Nima qilsam yig’lamaysan?

    Tiling bo’lsa aytgin axir
    Ketaylikmi osmonlarga?
    Odami yo’q, ozori yo’q,
    Bozori yo’q tomonlarga? (x2)

    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam og’rimaysan,
    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam yig’lamaysan?

    Shabnamdayin to’kdilarku,
    Tariqdayin sochdilarku,
    Har kasodning bozorida
    Savdo qilmay sotdilarku. (x2)

    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam og’rimaysan,
    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam yig’lamaysan?

    Qirni yorgan qirq chechaksan,
    Ishq ahliga belanchaksan, (x2)
    Tashna kelsam mehring buloq,
    Kaftda tutib jonhalaksan.

    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam yig’lamaysan,
    Ey dil, seni nima qilay,
    Nima qilsam yig’lamaysan?

    Ey dil…