Botir Qodirov - Ey quyosh

Botir Qodirov

Ey quyosh

Ey quyosh, yuzing ochgin,
G`am tunida zoringman.
Sidq ila nafas urg`on
Subhi beg`uboringman.

San jamolu hashmatda
Husn mulki shohisan.
Man malolu kulfatda
Bandai nazoringman.

Ey quyosh, yuzing ochgin,
G`am tunida zoringman.

Qilma ayb agar qilsam
Ishqing ichra ojizliq,
Qariliq yuki bosg`on
Zori bemadoringman.

Garchi o`zgalar yonliq
Aylay olmog`im xizmat,
Lek alar qatorida
Bir umidvoringman.

Ey quyosh, yuzing ochgin,
G`am tunida zoringman.

Necha umrlardurkim
Furqati g`ami ichra
Yig`labon kecha-kunduz
Zor-i, beqaroringman.

Marhamat ko`zi birla
Holima nazar qilg`il,
Ko`ying ichra yer tutg`on
Bir duoga zoringman. (x2)

Istasam aziz bo`lmoq,
Tong yo`q iltifotingdin.
Chunki Ogahiy yanglig`
Ishq ichra xoringman.

Ey quyosh, yuzing ochgin,
G`am tunida zoringman.
Sidq ila nafas urg`on
Subhi beg`uboringman.

Ey quyosh, yuzing ochgin,
G`am tunida zoringman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ey quyosh
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016