• Botir Qodirov – Go'dak

    Botir Qodirov

    Go’dak

    Derazadan qarab turar murg`ak ko`zlar,
    “Onam kelib qolarmi?” deb yig`lar ko`zlar. (x2)
    Yetimning ko`z yoshini kim artar endi?
    O`zi yig`lab, yana o`zi tinar ko`zlar. {x2}

    Qaydan bilar axir bola,
    Degan so`zi faqat “ona”,
    Ostonasi bo`lmaguncha
    Bahor nima bayram nima?

    Otang bilan kezar shayton,
    Onangdan-ku ketgan iymon.
    Erkalaydi kelgin desang,
    Oyni degin onajon.

    Erkalaydi kelgin desang,
    Oyni degin onajon.
    Ezma diling, ezilma,
    Bo`ldi kutma, bolajon.

    (Oyijon, kelasizmi? Men sizni sog`indim.
    Olib ketasizmi? Rosa ham sog`indim.
    Olib keting dadajon, dadajonim.
    Sog`inib ketdim. Rosa ham sog`indim, dadajonim.)

    Toshdan mehr izlama,
    Bo`ldi endi yig`lama,
    Manzili yo`q kimsadan
    Qo`ygin, manzil so`rama! (x2)

    Hali senga oftobning yog`dulari taralar,
    Qodir Xudo ashkida sen uchun baxt yaralar. {x2}

    Derazadan qarab turar murg`ak ko`zlar,
    “Onam kelib qolarmi?” deb yig`lar ko`zlar… (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.