Botir Qodirov – Go'zal

Botir Qodirov

Go’zal

Go`zalliging gullardan go`zal,
Seni tanho yaratmish azal. (x2)
Kuydirmagin qiynoqlaringda,
“Sevaman” de, so`zlari go`zal.

Kuydirmagin qiynoqlaringda,
“Sevaman” de, so`zlari asal.
“Sevaman” de, so`zlari go`zal.

Ko`rgani keldim oydek yuzingni,
Qig`onma mendan shirin so`zingni.
Zor etma buncha, gul yuzi g`uncha,
Yonimda bo`lgin dunyo turguncha. (x2)
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Senga hayron bog`dagi g`uncha,
Yetolmagan oshiqlar qancha.
Zor etmagin, nozlanib buncha,
“Sevaman” de, so`zlari asal,
“Sevaman” de, so`zlari go`zal.

Ko`rgani keldim oydek yuzingni,
Qig`onma mendan shirin so`zingni.
Zor etma buncha, gul yuzi g`uncha,
Yonimda bo`lgin dunyo turguncha. (x2)
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Sen kulasan sevgimni bilib,
So`z demaysan qalbimni tilib.
Menga qarab, bir shirin kulib,
“Sevaman” de, so`zlari asal.

Menga qarab, bir shirin kulib,
“Sevaman” de, so`zlari go`zal. {x2}

Ko`rgani keldim oydek yuzingni,
Qig`onma mendan shirin so`zingni.
Zor etma buncha, gul yuzi g`uncha,
Yonimda bo`lgin dunyo turguncha. (x2)
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Yonimda bo`lgin dunyo turguncha,
Yonimda bo`l dunyo turguncha!

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zal
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2017