Botir Qodirov - Go'zalsan

Botir Qodirov

Go’zalsan

Yuragimni sehrlab,
Xayolimni o`g`irlab,
Ko`zlarimga ko`zingni
Qo`yding yana muhrlab.

Yuzingga tortib parda,
Qilmagin endi zarda.
Chiroyli bo`lib ketarsan
Arazlasang agarda.

Xayolidaman, yuragida,
Yuragidaman, yuragida.
Ko`zlarim to`ymas keragida,
Xayolidaman, xayolida.

Hammadan ham go`zalsan…
Yolg`izim, o`zing keraksan.

Eshigingning oldida
Ko`zim tushib qoldi-da,
Nozligina nigohing
Yurakka o`t soldi-da.

Kutar edim yo`lingda,
Sevgi bormi dilingda?
Uzun-uzun sochlaring
To`lg`onadi belingda.

Xayolidaman, yuragida,
Yuragidaman, yuragida.
Ko`zlarim to`ymas keragida,
Xayolidaman, xayolida.

Hammadan ham go`zalsan…
Yolg`izim, o`zing keraksan.

Yondirasanmi, kuydirasanmi,
Shirin jonimdan mani to`ydirasanmi?
Yondirasanmi, kuydirasanmi,
Shirin jonimdan mani to`ydirasanmi?

Xayolidaman, yuragida,
Yuragidaman, yuragida.
Ko`zlarim to`ymas keragida,
Xayolidaman, xayolida.

Hammadan ham go`zalsan…
Yolg`izim, o`zing keraksan. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Go’zalsan
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 22, 2016