Botir Qodirov – Indamadi

Botir Qodirov

Indamadi

Bir go`zalga bir boqib, indasam indamadi,
Yuragim o`tda yoqib-ey, indasam indamadi. (x2)
Nozlari jonga xatar, sog`inchi dildan o`tar, {x2}
Sevgidan beray xabar deb, indasam indamadi. {x2}

Bir go`zalga bir boqib, indasam indamadi,
Yuragim o`tda yoqib-ey, indasam indamadi.

Ko`z yomon, bir qaradim, uch qaradim, o`n qaradim, {x2}
To`ymadim yuzlariga, yana yuz bor qaradim. {x2}
Bir go`zalga bir boqib, indasam indamadi,
Yuragim o`tda yoqib-ey, indasam indamadi. (x2)

O`tdi yonimdan ataylab, gul libosini avaylab, {x2}
Yo`lini to`sib ataylab, indasam indamadi. {x2}
Bir go`zalga bir boqib, indasam indamadi,
Yuragim o`tda yoqib-ey, indasam indamadi.

Shu go`zal aqlimni olgan, yuragim o`shanda qolgan, {x2}
Yo gul labiga qulf solgan – indasam indamadi. {x2}
Bir go`zalga bir boqib, indasam indamadi,
Yuragim o`tda yoqib-ey, indasam indamadi. (x2)

Indasam indamadi… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Indamadi
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2017