• Yoningdan ketmaganim
    Sevgimdan nishon,
    Ishqim o’chmas o’t manim,
    So’zimga ishon. (x2)

    Qalb dardingdan dog’langan
    Hislarim osmon. (x2)
    Dil rishtamiz bog’langan,
    So’zimga ishon. (x2)
    Har kun bir sog’intirib
    Ketganing yomon.

    Seni baxtli qilaman,
    Taqdirdan quvon.
    Yagonang men bo’laman,
    So’zimga ishon.

    Hijroningda yondirma,
    Bo’lmagin armon.
    Sensiz o’zdan tondirma,
    So’zimga ishon.
    Sensiz o’zdan tondirma,
    So’zimga ishon.
    Har kun bir sog’intirib
    Ketganing yomon.

    Bilmadim orzuingda
    Borligim gumon.
    Man shaydoman ko’yingda,
    So’zimga ishon.
    Man shaydoman ko’yingda,
    So’zimga ishon.

    Yoningdan ketmaganim
    Sevgimdan nishon. (x2)
    Ishqim o’chmas o’t manim,
    So’zimga ishon. (x2)

    Har kun bir sog’intirib,
    Ketganing yomon. (x2)
    Sevaman, sevaman,
    So’zimga ishon.