• Botir Qodirov - Jim turing

    Botir Qodirov

    Jim turing

    Jim turing, shovqinlanmang,
    Uyqu ichida ul pari.
    Yurma tek tur, ey shamol,
    Yursangda yur bir oz nari. (x2)
    Jim turing, shovqinlanmang…

    Ko’kda bir to’p qiz malak
    Uyqu kuyini boshladi.
    Ilgari chalgan tirik
    Jonli kuyini boshladi.

    E, bosh ichida aylanar,
    Bir to’p farishta jimgina.
    Ko’k elining bekasi –
    Oy ham qaraydi jimgina.

    Jim turing, shovqinlanmang,
    Uyqu ichida ul pari.
    Yurma tek tur, ey shamol,
    Yursangda yur bir oz nari.
    Jim turing, shovqinlanmang…

    Bu yotish, bu uyqu
    Qanday shirin, qanday go’zal. (x2)
    Charchagan, tolgan, umidsiz
    Ko’zlarim to’ymay qarar.
    Har qarashda ko’nglima
    Ming turli o’ylarni solar.

    Jim turing, shovqinlanmang,
    Uyqu ichida ul pari.
    Ko’zlarim to’ymay qarar,
    Borliq ko’rinmay tunlari.

    Jim turing, shovqinlanmang,
    Uyqu ichida ul pari.
    Yurma tek tur, ey shamol,
    Yursangda yur bir oz nari.
    Jim turing, shovqinlanmang…