Botir Qodirov - Jon-jonim o'ynang

Botir Qodirov

Jon-jonim o’ynang

To`y kechasi yaxshidir kayfiyat,
Hamma kelar dilda yaxshi niyat.
To`y kechasi – bu go`zal an’ana,
Orzu-umid qiladi tantana.

To`y bo`lsa to`yday bo`lsin,
Yaxshilar o`ynab-kulsin,
Ko`ngillar quvonchga to`lsin,
Oh, joningdan.

To`y bo`lsa to`yday bo`lsin,
Yaxshilar o`ynab-kulsin,
Ko`ngillar quvonchga to`lsin.

Jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Hammamiz teng birga
Jo`r bo`lamiz kuylang.

Jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Keling-keling, birga
Davrani bo`sh qo`ymang.

Go`zal qizlar chekkada turmayin,
Keling bu yon, asta-asta mayin.
Yigitlarning qalbini rom etib,
Nazokatli nozli xirom etib.

Bugun hamma shod-xurram,
Davramiz fayzli biram,
Orzular ushalgan bayram,
Voy joningdan.

Bugun hamma shod-xurram,
Davramiz fayzli biram,
Orzular ushalgan bayram.

Jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Hammamiz teng birga
Jo`r bo`lamiz kuylang.

Oh, jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Keling-keling, birga
Davrani bo`sh qo`ymang.

Jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Hammamiz teng birga
Jo`r bo`lamiz kuylang. (x2)

Oh, jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Keling-keling, birga
Davrani bo`sh qo`ymang.

Jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Hammamiz teng birga
Jo`r bo`lamiz kuylang.

Oh, jon-jonim o`ynang,
Jon-jigarim o`ynang.
Keling-keling, birga
Davrani bo`sh qo`ymang.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jon-jonim o’ynang
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2017