Botir Qodirov - Ketganing yomon

Botir Qodirov

Ketganing yomon

Yoningdan ketmaganim – sevgimdan nishon,
Ishqim o’chmas o’t manim, so’zimga ishon. (x2)
Qalb dardingdan dog’langan hislarim osmon, (x2)
Dil rishtamiz bog’langano, so’zimga ishon. (x2)
Oh, har kun bir sog’intirib ketganing yomon.

Seni baxtli qilaman, taqdirdan quvon,
Yagonang men bo’laman, so’zimga ishon.
Hijroningda yondirma, bo’lmagin armon,
Sensiz o’zdan tondirma, so’zimga ishon,
Sensiz o’zdan tondirma, so’zimga ishon.
Oh, har kun bir sog’intirib ketganing yomon.

Bilmadim, orzuingda borligim gumon,
Man shaydoman kuyingda, so’zimga ishon,
Ha, man shaydoman kuyingda, so’zimga ishon.

Yoningdan ketmaganim – sevgimdan nishon, (x2)
Ishqim o’chmas o’t manim, so’zimga ishon. (x2)
Oh, har kun bir sog’intirib ketganing yomon. (x2)
Sevaman, sevaman, so’zimga ishon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ketganing yomon
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 4, 2014