Botir Qodirov - Kimga aytay

Botir Qodirov

Kimga aytay

Kelsang yor, kelmasang xor, bo’lib abgor,
Dilda bor, senga zor, tuyg’ular bisyor.
Sog’inchlar bo’ynima solgan uzilmas dor,
Kimga aytay, kimga aytay dardimni, yor? (x2)

Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni?
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.
Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni?
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.

Kunu tunlar bag’ri xunlar bo’lib kutdim,
Ko’zimda yosh, ko’ksimga tosh bo’lib kutdim. (x2)
Uzun hijronlarga sirdosh bo’lib kutdim,
Kimga aytay, kimga aytay dardimni, yor?
Sendan o’zga kim tinglaydi dardimni, yor?

Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni?
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.
Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni?
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.

Yurak bebosh, bo’g’zimda tosh, yutolmayman,
Sensiz kulfat, qilib toqat kutolmayman. (x2)
Haddim sig’ib, ko’changdan bir o’tolmayman,
Kimga aytay, kimga aytay dardimni, yor?
Sendan o’zga kim tinglaydi dardimni, yor?

Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni?
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.
Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni?
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.

Kimga aytay, kimga aytay dardimni, yor,
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni.
Kimga aytay, kimga aytay dardlarimni,
Yuvolmayman qalbda sog’inch gardlarimni. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kimga aytay
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2015