Botir Qodirov - Ko'ngil izhori

Botir Qodirov

Ko’ngil izhori

Soyangga aylanib qolsaydim qani,
Sendan bir lahza ham ayrilmas edim.
Shu umrim boricha sevaman seni,
Sendan boshqasiga qayrilmas edim.

Ko’zlaring tubida dard bor, hasrat bor,
Yorim, dardlaringni menga ber, jonim.
Senga yupanch bo’lay, hamdard bo’lay men,
Borki g’amlaringni menga ber, jonim.

Boshing uzra sochay olam quvonchin,
Borimni tutay men.
Sen yolg’iz habibim, tanho tabibim,
Yoningda bo’lay men.

Kel gulim, ko’zlaringni ko’zlarimga ko’zgu qil,
Har bosgan izlaringni yo’llarimga yog’du qil.
Kiprigingda yosh ko’rsam, yo’q, aslo chidolmasman,
Sensizlikka men bir zum bardosh berolmasman.

Ko’zlaring tubida dard bor, hasrat bor,
Borki g’amlaringni menga ber, jonim.
Senga yupanch bo’lay, hamdard bo’lay men,
Yorim, dardlaringni menga ber, jonim.

Boshing uzra sochay olam quvonchin,
Borimni tutay men.
Sen yolg’iz habibim, tanho tabibim,
Yoningda bo’lay men.

Soyangga aylanib qolsaydim qani,
Sendan bir lahza ham ayrilmas edim.

Soyangga… soyangga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’ngil izhori
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2016