Botir Qodirov - Parvonadek

Botir Qodirov

Parvonadek

Ko`chamizdan o`tganda ro`molingni o`raysan,
Umr o`tib ketmoqda, ko`nglim qachon so`raysan? (x2)

Parvonadek o`rtanib, kuydim firoqlaringda,
Tashlashga rozidurman jonimni poylaringga. (x2)

Odam farzandimisan yoki nurdan yaralding?
Yo hofizni bir umr kuydirgani tug`ilding? (x2)

Parvonadek o`rtanib, kuydim chiroylaringda,
Tashlashga rozidurman jonimni poylaringga,
Jonimni poylaringga.

Termulaman xayolan tundek qaro ko`zingga, {x2}
Arzimasmi bir yigit bitta shirin so`zingga? {x2}

Parvonadek o`rtanib, kuydim firoqlaringda,
Tashlashga rozidurman jonimni poylaringga. (x2)

Odam farzandimisan yoki nurdan yaralding?
Yo hofizni bir umr kuydirgani tug`ilding? (x2)

Ko`chamizdan o`tganda ro`molingni o`raysan,
Umr o`tib ketmoqda, ko`nglim qachon so`raysan? (x2)

Parvonadek o`rtanib, kuydim firoqlaringda,
Tashlashga rozidurman jonimni poylaringga.

Odam farzandimisan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Parvonadek
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 8, 2016