Botir Qodirov - Qaldirg'ochim

Botir Qodirov

Qaldirg’ochim

Ey, xayolim olgan qiz,
Ko`zlaring moviy dengiz, (x2)
Senga shaydolar ichra
Oshig`ing bo`ldim yolg`iz. (x2)

Kel, qoshi qaldirg`ochim kel,
Kel, dilga ehtiyojim kel.
Bahor etib olamni,
Dilbar, sumbul sochim kel.

Bahor etib olamni,
Dilbar, sumbul sochim kel.

Netay hijron yo`lida,
G`arq bo`ldim to`lqinida, (x2)
Ko`kda yulduzlar yondi
Ohimning uchqunida. (x2)

Ey, xayolim olgan qiz,
Ko`zlaring moviy dengiz, (x2)
Senga shaydolar ichra
Oshig`ing bo`ldim yolg`iz. (x2)

Ismingni ardoqladim,
Yuragimni dog`ladim, (x2)
Hajringda umidimni
Ishq yo`liga bog`ladim. (x2)

Kel, qoshi qaldirg`ochim kel,
Kel, dilga ehtiyojim kel.
Bahor etib olamni,
Dilbar, sumbul sochim kel.
Bahor etib olamni,
Dilbar, sumbul sochim kel. (x2)

Dilbar, sumbul sochim kel. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaldirg’ochim
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016