• Botir Qodirov – Surxoncha

    Botir Qodirov

    Surxoncha

    Yorim deding, zorim deding,
    Ko`nglimdagi borim deding. (x2)
    Kutgil mani, borgum dedim,
    Zorlar kutdim, san kelmading-ey.

    Zor ketdim-a, san kelmading, hey,
    Yor kelmading, yor kelmading-ey.

    Jonimni qiynaydi firoq,
    Yonimdan ketmaydi yiroq. (x2)
    Xufton dilimga yoq chiroq,
    Xorlar kutdim, san kelmading-ey.

    Yor keldim-a, san kelmading, hey,
    Yor kelmading, yor kelmading-ey.

    Termulib har yo`lga zor,
    Ojiz ko`nglim topdi ozor. (x2)
    Bormu manga xaridor?
    Xorlar kutdim, san kelmading-ey.

    Tonglar otdi, san kelmading, hey, {x2}
    Yor kelmading, yor kelmading-ey.

    Rost bo`lgaymi bu dunyo?
    Chinga aylanadi dunyo. (x2)
    Xasta jonimga mo`miyo,
    Xorlar kutdim san kelmading-ey.

    Yor ketdim-a, san kelmading, hey, {x2}
    Yor klemading, yor kelmading-ey.

    Yorim deding, zorim deding,
    Ko`nglimdagi borim deding. (x2)
    Kutgil mani, borgum deding,
    Xorlar kutdim san kelmading-ey.

    Yor ketdim-a, san kelmading, hey, {x2}
    Yor kelmading, yor kelmading-ey.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.