Botir Qodirov - Yig'latur

Botir Qodirov

Yig’latur

Hey, qiynadi bu ishq meni,
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Ushshog’u segoh mening
Ruhimni sel qilg’ay yana,
Bo’ldi, bas, deyman,
Quloq solmay yana tor yig’latur.

Bo’ldi, bas, deyman,
Quloq solmay yana tor yig’latur.

Ba’zida aylab tavoze,
Qilsalar ko’p muhtaram,
Bu ulug’ jonimni shu
Qilmay biror kor yig’latur.

Gul desam, yonishi yo’q,
Bulbul desam, xonishi yo’q,
Bu latif ruhimni aylab
Bunchalar xor yig’latur.

Bu latif ruhimni aylab
Bunchalar xor yig’latur.

Ko’zlarimda shoshqatordur
Yoshlarim yo’lga qarab,
Yo’qlamay man telbani
Ahdu-hushi bor yig’latur.

Qiynadi bu ishq meni,
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Hajr o’tida kuydirib,
Ishqi o’tida yondirib, (x2)
Ne sababdin, bilmadim,
Ko’nglimni ra’no yig’latur. (x2)

Qiynadi bu ishq meni, {x2}
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yig’latur
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 26, 2015