Botir Qodirov - Yiqildim yomon

Botir Qodirov

Yiqildim yomon

Haydaldim gul yorning ostonasidan,
Ta’nalar otildi koshonasidan. (x2)
Izlang devonalar vayronasidan,
Yetdim deganimda yiqildim yomon,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

Ayt menga, makkora, ayt bag’ritosh yor,
Bilmasmiding menda faqat shu ishq bor? (x2)
Suysa bo’lmasmidi dushmani xunxo’r,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

To’lin oy, shu kecha sen yonimda qol,
Sevib gunohkorman, kuyib gunohkor.
Ko’ngil uchun “ketma” demadi dildor,
Dard ado qildiku, ezildim yomon,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

Yetdim deganimda yiqildim yomon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yiqildim yomon
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 29, 2014