Bugun hayajondadir yuraklar,
Bo`lar shodiyonalar, voy-doda.
Karnay-surnay berar daraklar,
Aylab sho`x taronalar.

Andijondan to Xorazm
To`yu-tantana, bazm.
Qashqadaryo, Surxondaryo
Shodligi dunyo-dunyo.

Omon-ey, omon-ey,
Qanday go`zal zamon-ey,
Ko`rgan ko`zlar quvnasin bu kun.
(Bayramingiz muborak!)

Omon-ey, omon-ey,
Keling bizlar tomon-ey,
Hamma shodon o`ynasin bugun.

Yor-ey, yor-ey,
Qomatlar shamshod-ey.
Dilda g`urur,
Qaddimiz tog` mag`rur.

Samarqandu Farg`ona
Bugun katta to`yxona.
Buxoro, Qoraqalpoq –
Tantana, shodiyona.

(Yurtim sarhadi mahkam, mustahkam,
Qalblar hotirjam, dillar hotirjam.
To`kin-sochinlik, qut-barakada
Mehr-oqibat aka-ukada.)

Tarovat taralar yorug` yuzlardan,
Quvonch sezilar qaro ko`zlardan.
Yurtim shod bugun erkin nafasda,
Dunyo nigohi porlar havasda.

Bugun hayajondadir yuraklar,
Bo`lar shodiyonalar, voy-doda.
Karnayu-surnay berar daraklar,
Aylab sho`x taronalar.

Bitmas faxru-iftixor yurakda,
Yurtimning kamolidan aylonay.
Ko`ngillar mangu ezgu tilakda,
Xalqim istiqbolidan.

Andijondan to Xorazm
To`yu-tantana, bazm.
Qashqadaryo, Surxondaryo
Shodligi dunyo-dunyo.

Omon-ey, omon-ey,
Qanday go`zal zamon-ey,
Ko`rgan ko`zlar quvnasin bu kun.
(Bayramingiz muborak!)

Omon-ey, omon-ey,
Keling bizlar tomon-ey,
Hamma shodon o`ynasin bugun.

Oo-oy, kamolingdan aylanay, yurtim!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurtim
Xonanda:
Botir Qodirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 7, 2016