Ey gul, seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
Oh, bu toshlar og`irdir,
Har qirrasi qizil cho`g`.
Og`riydi, jonim og`rir,
Bu og`riqqa davo yo`q. (x2)

Bir kun ko`rib tanidim,
Tosh yo`ldagi izingni.
Peshvoz chiqqan men edim,
Ketding burib yuzingni. (x2)

Salom sevgi azobi,
Boq bevafo yoringga.
Shukur qildim ortingdan
Bu dunyoda boringga. (x2)

Bo`ldi, seni ko`ksimdan
Yulib suvga otarman.
Sohillarda qum bilan
Quchoqlashib yotarman. (x2)

Yana to`sdi yo`limni,
Yana to`sdi ilk sevgim.
Muzlab qolgan ko`nglimni
Yuragimga bosdi jim.

Yana to`sdi yo`limni,
To`sdi yana ilk sevgim.
Muzlab qolgan ko`nglimni
Yuragimga bosdi jim.

Ey gul, seni unutdim,
Uzib ketdi boshqalar.
Mana endi ilk sevgim
Yuragimga tosh qalar.
Oh, bu toshlar og`irdir,
Har qirrasi qizil cho`g`.
Og`riydi, jonim og`rir,
Bu og`riqqa davo yo`q. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulim
Xonanda:
Botir Yaminov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016