Kecha bog’da oy shu’lasi
Tushmas edi yuzlarimga,
Barg aro boqqan yulduz bugun
Qo’nar izlarimga.
Nega dil orziqadi desam, mana
Kuz kelibdi yana.

Hamon shu kuz tonglarin,
Visol onlarin eslarman, nigor.
Hamon dilda umid bor,
Ko’risharmiz, balki yana kuz kuni.

Barg aro boqqan o’sha yulduz
Qo’nar ko’zlarimga,
Sanayman men ayriliqning har kunini,
Har oyini.

Qo’msayman kuz tonglarini,
So’lim bog’lar chiroyini.
Kuz keldi, gullar so’ldi gul bog’imda,
Kel dil bog’imga.
Sen ham u kuz tonglarin, visol onlarin
Esla, esla, ey nigor.

Hamon shu kuz tonglarin,
Visol onlarin eslarman, nigor.
Hamon dilda umid bor,
Ko’risharmiz, balki yana kuz kuni.

Barg aro boqqan o’sha yulduz
Qo’nar ko’zlarimga,
Sen ham u kuz tonglarin, visol onlarin
Esla, esla, ey nigor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Umid
Xonanda:
Botir Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 3, 2016