Botir Zokirov - Xayolimda

Botir Zokirov

Xayolimda

Xayolimda bo`lding uzun kun,
Seni izlab qirg`oqqa bordim. (x2)
Och to`lqinlar pishqirgan tunda
Topib ber, deb oyga yolvordim. (x2)

Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar.
Sho`x yulduzlar salqin saharda
Esga solur baxtiyor kunlar.

Sho`x yulduzlar salqin saharda
Esga solur baxtiyor kunlar.

Toleyimning oshnosisan,
Sen sevgimning ko`kargan bog`i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog`i.

Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan suv quyiladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib, oy ham to`ladi.

Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib, oy ham to`ladi.

Kecha jimjit, yolg`iz to`lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni. (x2)
Hiylagar oy – sehrgar dilbar,
Solib qo`yding yodimga kimni? (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayolimda
Xonanda:
Botir Zokirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2015