• Bog’imga noz ila yor kel,
    Quvnoq ovoz ila yor kel. (x2)
    Seniki bu chaman, bu gullar,
    Seniki kuylagan bulbullar.

    Kuy ila, soz ila yor kel,
    Kuy ila, soz ila yor kel.

    Dilimda g’azalim sen yoz,
    Men aytay, go’zalim sen yoz. (x2)
    So’zimiz porlasin otashday,
    Ishqimiz yashnasin quyoshday.

    Seniki bu chaman, bu gullar,
    Kuy ila, soz ila yor kel.

    Kuy ila, soz ila yor kel,
    Kuy ila, soz ila yor kel.