• Budur - Sog'inaman

    Budur

    Sog’inaman

    Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman,
    Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman. (x2)

    Ayt, nega aytging kelmas?
    Nega tan olging kelmaydi yolg`onlaringni?
    Meni sevaman deb aldagansan,
    Bu qadar tosh yurakni sen qaydan olgansan?

    Nahot yolg`on shunday oson aytilaverar,
    Nahot yolg`on dilga ozor yetkazaverar?

    Yana seni kechirolmayman,
    Endi senga ishonolmayman,
    Lekin afsus seni men eslab sog`inaman.

    Endi seni kechirolmayman,
    Endi senga ishonolmayman,
    Lekin afsus seni men eslab sog`inaman.

    Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman,
    Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman.

    Sen dilimdagi nursan,
    Mening sevgim faqat sensan, deb aytarding.
    Aytgin, sen o`zing mening o`rnimda bo`lsang,
    Sevganingning xiyonatini kechirarmiding?

    Nahot yolg`on shunday oson aytilaverar,
    Nahot yolg`on dilga ozor yetkazaverar?

    Kelma, seni kechirolmayman,
    Endi senga ishonolmayman,
    Lekin afsus seni men eslab sog`inaman.

    Endi seni kechirolmayman,
    Endi senga ishonolmayman,
    Lekin afsus seni men eslab sog`inaman.

    Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman,
    Sog`inaman, sog`inaman, sog`inaman. (x2)

    Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz