Buncha yarashgan, jonim,
Tillo zanjiring sani?
Dardima bo`lar dori
Bergan anjiring sani.

Manga yoqadi shundin
Bog`inmi bog` anjiri.
Man borg`anda ochilsin
Qalbing zulfi zanjiri.

Naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?

Qora ko`z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko`z boq manga,
Bir gapingni ayt manga.

Saning manzil-makoning
Shakkari bor ichinda,
Man muroda yetarman,
Olma-anor ichinda.

Go`rsatib anjir-olma,
Ko`nglima qiziq solma.
Qoshu-ko`zing o`ynatib,
Qo`y, maning onim olma.

Hey, naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?

Qora ko`z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko`z boq manga,
Aniq bir gap ayt manga.

Doston qilib sevgini
Kuyladilar lazgini,
Dunyolara go`rsatib
Xorazmning ganjini.

Rahmatjon ustozdayin
Man ham ishq oshnosiman.
Qalbim bahor-yozdayin,
Bir boqsang, ming roziman.

Ov, naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?

Qora ko`z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko`z boq manga,
Bir gapingni ayt manga.

Og`zi-burni kichkina,
Bellari ingichkina.
Shuncha qizlar ichinda
Shuning o`zi birgina.

Qutli Murod tilagi
Duk-duk urar yuragi.
Shaydoman, yuragima
Tanho sansan garaki.

Naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?

Qora ko`z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko`z boq manga,
Bir gapingni ayt manga. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Anjir
Xonanda:
Bunyod Saidov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2017