• Daler - Izlayman

    Daler

    Izlayman

    Qalbimda yashar gulday asling,
    Qaraganda jon olar moviy ko’zlaring.
    So’rar seni yuragim,
    O’z-o’zimga yetar ozorim.
    Ko’rmasam bo’lmas ko’ngil bahorim,
    Muhabbatim mening.

    Izlayman seni har kuy, har makon,
    Dodu-faryodim oshkor.
    Izlayman xasta holda har zamon,
    Olam aro diydoringga zor.

    Izlayman seni hatto o’zimdan,
    Subhu-saharda bedor.
    Izlayman nolai-ohangimda,
    O’zimdan o’tib ketma yor.

    Har nafasda yoding namoyon,
    Taxmin etib, shayman tomoningga ravon.
    So’rar seni yuragim,
    O’z-o’zimga yetar ozorim.
    Ko’rmasam bo’lmas ko’ngil bahorim,
    Muhabbatim mening.

    Izlayman seni har kuy, har makon,
    Dodu-faryodim oshkor.
    Izlayman xasta holda har zamon,
    Olam aro diydoringga zor.

    Izlayman seni hatto o’zimdan,
    Subhu-saharda bedor.
    Izlayman nolai-ohangimda,
    O’zimdan o’tib, etmay or.