• Daler Fayzullayev - Qalbimizda yashaysiz mangu qo'shiq matni, lyrics

    Daler

    Qalbimizda yashaysiz mangu (Mo’min Oripov xotirasiga)

    Nahotki siz yo`qsiz, hech ishongim kelmas,
    Nahot beg`ubor qalb endi qaytmasa?
    Men kimga aytaman dardim ushbu chog`,
    Yaqinim yonimda bugun bo`lmasa?

    Qalbimizda yashaysiz mangu,
    Mayli o`tsin oradan yillar.
    Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
    O`shanda yig`lar ko`ngillar.

    Sizla o`tgan damlar ajoyib, betakor,
    Bugun u damlarni juda qo`msayman.
    Bunchalar beshafqat bo`lmasa bu taqdir,
    Sizsiz qanotsiz bir qushga o`xshayman.

    Qalbimizda yashaysiz mangu,
    Mayli o`tsin oradan yillar.
    Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
    O`shanda yig`lar ko`ngillar.

    Sahnaning har burchi sizni eslatar,
    Go`yo turgandeksiz yonimda kulib.
    Sohir chehrangizdan nurlar yog`ilar,
    Yuraklar yig`laydi sizni sog`inib.

    Qalbimizda yashaysiz mangu,
    Mayli o`tsin oradan yillar.
    Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
    O`shanda yig`lar ko`ngillar.

    Sizga shundayin qo`shiq bitayin,
    O`shanda yig`lar ko`ngillar.

    (Har dam duodaman, so`rayman takror,
    Ruhingiz doim shod bo`lsin, ilohim.)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.