Daler - So'nggi iltimos

Daler

So’nggi iltimos

Yoru jonim, do’stimsan doim,
Qismat ekan bizga judolik,
Baxtlar bersin senga Xudoyim,
Bizning sevgi ekan xatolik.

So’nggi iltimos – meni mayli unutgin,
So’nggi iltimos – so’zim yodingda tutgin,
So’nggi iltimos – qalbing chekmasin ozor.
So’nggi iltimos – meni mayli unutgin,
So’nggi iltimos – so’zim yodingda tutgin,
So’nggi iltimos – yoringga bo’l vafodor.

O’tinaman meni unutgin,
Sen o’zingni g’amdan et xalos,
O’tinchimni yodingda tutgin,
Sendan yana so’nggi iltimos.

So’nggi iltimos – meni mayli unutgin,
So’nggi iltimos – so’zim yodingda tutgin,
So’nggi iltimos – qalbing chekmasin ozor.
So’nggi iltimos – meni mayli unutgin,
So’nggi iltimos – so’zim yodingda tutgin,
So’nggi iltimos – yoringga bo’l vafodor.

Hayot shodlik bersa sevingin,
Balo kelsa qilgin sen toqat,
Suvda oqqin, o’tda yon, lekin
Yomonlama yoringni faqat.

So’nggi iltimos – meni mayli unutgin,
So’nggi iltimos – so’zim yodingda tutgin,
So’nggi iltimos – qalbing chekmasin ozor.
So’nggi iltimos – meni mayli unutgin,
So’nggi iltimos – so’zim yodingda tutgin,
So’nggi iltimos – yoringga bo’l vafodor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’nggi iltimos
Xonanda:
Daler
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 22, 2014