• Daler - Vatan

    Daler

    Vatan

    Biz yoshlar birlashib, ummon bo’laylik,
    Barchamiz yaxshilik tomon bo’laylik.
    Bobolar armoni ushalsin bizda,
    Millatning dardiga darmon bo’laylik.

    Gulni gulga bersak, bo’ston bizniki,
    Dilni dilga bersak, osmon bizniki. (x2)
    Biz yoshlar Vatanning orzu-umidi,
    Qo’lni qo’lga bersak, imkon bizniki.

    Bizda Vatan bitta, Vatan yagona,
    Hammamiz uchun u mushtipar ona.
    Mehri bilan uning yuraklar yona
    Sadoqatli qizu o’g’lon bo’laylik.

    Gulni gulga bersak, bo’ston bizniki,
    Dilni dilga bersak, osmon bizniki.
    Biz yoshlar Vatanning orzu-umidi,
    Qo’lni qo’lga bersak, imkon bizniki.

    Vatan kutmoqdadir sog’inib bizni,
    Qalbda o’ti bor yigitu qizni.
    Qasamdek chin dildan aytaylik so’zni,
    Yurt uchun bir tan-u bir jon bo’laylik.

    Birimiz oydirmiz, birimiz yulduz,
    Lek inson yasholmas o’zicha yolg’iz.
    Kamalakdek yashnab ko’kda yorug’ iz,
    Biz bitta chiroyli osmon bo’laylik.

    Gulni gulga bersak, bo’ston bizniki,
    Dilni dilga bersak, osmon bizniki. (x2)
    Biz yoshlar Vatanning orzu-umidi,
    Qo’lni qo’lga bersak, imkon bizniki.