• Davron Ahmedov - Go'zallar

    Davron Ahmedov

    Go’zallar

    Go`zallar, go`zallar, zebo go`zallar,
    Go`zallar, go`zallar, tanho go`zallar.
    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Birisin qomati, birin ko`zlari,
    Birin latofati, birin so`zlari,
    Birisin qoshi yoy, kipriklari o`q,
    Biri malikaning xuddi o`zlari.

    Birisin qoshi yoy, kipriklari o`q,
    Biri malikaning xuddi o`zlari.

    Go`zallar, go`zallar, zebo go`zallar,
    Go`zallar, go`zallar, tanho go`zallar.
    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Birisin go`zaldir qarang yurishi,
    Birisin boshqacha go`zal kulishi.
    Har qanday oshiqni devona qilar
    Jilmayib, termulib boqib turishi.

    Har qanday oshiqni devona qilar
    Jilmayib, termulib boqib turishi.

    Go`zallar, go`zallar, zebo go`zallar,
    Go`zallar, go`zallar, tanho go`zallar.
    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Go`zallar, qoshlari qaro go`zallar,
    Go`zallar, har yigit shaydo go`zallar.
    Kutganingda kelmas, yillab kutdirar,
    Kutmaganda bo`lar paydo go`zallar.

    Kutganingda kelmas, yillab kutdirar,
    Kutmaganda bo`lar paydo go`zallar.

    Go`zallar, go`zallar, zebo go`zallar,
    Go`zallar, go`zallar, tanho go`zallar.
    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.

    Yuragim yondirib, bag`rim yondirib,
    Ko`zlarim kuydirgan barno go`zallar.