• Yuragi bir daryo,
    Daryo, daryo, daryo onam.
    Mehr-u muhabbati
    Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)

    Boshimizni silab,
    Umrimizni tilab, duoda har kun.
    Farishtadir go`yo,
    Go`yo, go`yo, go`yo onam.

    She’rlar o`qib bersam, ko`zimdan o`pib,
    Qo`shiq aytib bersam, yuzimdan o`pib. (x2)
    Aytgan allalarin mehrdan to`qib,
    Qo`shig`imga shaydo,
    Shaydo, shaydo, shaydo onam. (x2)

    Yuragi bir daryo,
    Daryo, daryo, daryo onam.
    Mehr-u muhabbati
    Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)

    Ko`zingiz quvnasin zavqimiz ko`rib,
    Baxt ila barpo taxtimiz ko`rib. (x2)
    Endi yashang bizning baxtimiz ko`rib, {x2}
    Hayotimga ma’no, ma’no, ma’no, ma’no onam.

    Yuragi bir daryo,
    Daryo, daryo, daryo onam.
    Mehr-u muhabbati
    Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)

    Boshdagi tojimning gavharidurlar,
    Yo`liga poyandoz jannati gullar. (x2)
    Husniga mahliyo parilar, hurlar, {x2}
    Mehru-muhabbatda tanho,
    Tanho, tanho, tanho onam.

    Yuragi bir daryo,
    Daryo, daryo, daryo onam.
    Mehr-u muhabbati
    Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)

    Mehr-u muhabbati
    Dunyo, dunyo, dunyo onam.
    Eh o`zimning dono,
    Donoginam, dono onam!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.