(Davron feat. Jamila…)

[Jamila G’ogurova]
Xudoning bergan kuni umriz o`tar ko`chada,
Uy esizga tushadi har qoq yarim kechada.
[Davron Ergashev]
Eh, sani shu dastingdan uyda o`tirolmayman,
Radiomassan – ovozing shartta o`chirolmayman.

[Jamila G’ogurova]
Osmon-osmon ediku to`ydan oldin va’dalar,
Bir oyda boshlandiku baqir-chaqir, zardalar.
[Davron Ergashev]
Ko`cha xandon, uy zindon bidir-bidirlaringdan,
Halovat yo`q hech qachon qidir-qidirlaringdan.

[Davron Ergashev]
Bidir-bidirlaringdan, qidirlaringdan rosa charchadim,
Charchasam ham baribir kel, o`zingdan qo`ymasin.
[Jamila G’ogurova]
O`chir-o`chirlarizdan, kechirlarizdan rosa charchadim,
Charchasam ham baribir bir o`zizdan qo`ymasin.

[Jamila G’ogurova]
Ey, qachon qo`ng`iroq qilsam, telefoniz doim band,
Men tushgan yo`nalishni o`chirib qo`yasiz shart.
[Davron Ergashev]
Qayda bo`lsam aylanib, kelamanku yoningga,
Qo`rqamanda tez tegib qo`yishni man joningga.

[Jamila G’ogurova]
Ajab bo`pti, endi bor makrim ishga solaman,
Ko`p ichimda qolib ketgan o`chim sizdan olaman.

[Davron Ergashev]
Bidir-bidirlaringdan, qidirlaringdan rosa charchadim,
Charchasam ham baribir kel, o`zingdan qo`ymasin.
[Jamila G’ogurova]
O`chir-o`chirlarizdan, kechirlarizdan rosa charchadim,
Charchasam ham baribir bir o`zizdan qo`ymasin.

[Jamila G’ogurova]
Asal oyi aylandi oxir zahar oyiga,
Adashib kelin bo`lib tushibmanda joyiga.
[Davron Ergashev]
Bizda asal oyimas, asal yili bo`ladi,
O`n yilda uch o`g`il-u uch qizimiz bo`ladi.

[Davron Ergashev]
Bidir-bidirlaringdan, qidirlaringdan rosa charchadim,
Charchasam ham baribir kel, o`zingdan qo`ymasin.
[Jamila G’ogurova]
O`chir-o`chirlarizdan, kechirlarizdan rosa charchadim,
Charchasam ham baribir bir o`zizdan qo`ymasin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bidir-bidir
Xonanda:
Davron Ergashev, Jamila G'ofurova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 29, 2016