• Davron Ergashev - Nelar desam

    Davron Ergashev

    Nelar desam

    Go`zalim, seni man sevaman, buni sen bilasan.
    Yoningga boraman, sen esa indamay qolasan.
    Buncha sho`x kulishing, o`zingga judayam yarashar,
    Xayolim olasan, tunu kun yodimda bo`lasan.

    Man seni sog`inaman,
    Sensiz bir kunim ham men yashay olmayman.
    Man seni ko`p o`ylayman,
    Lekin sen qalbimni nega yondirasan?

    Nelar desam, nelar desam,
    Shodlanasan nelar desam?
    Sevgimga sen ishonasan nelar desam?
    Nelar desam, nelar desam,
    Sen kelasan nelar desam?
    Yuragingdan joy berasan nelar desam?

    Yana sen atayin noz etib, yonimdan o`tasan,
    Sen tomon qarasam, negadir qaramay ketasan.
    Qaydan ham sendayin qizga men yuragim beribman,
    Sevganim bilasan, shunda ham meni zor etasan.

    Man seni sog`inaman,
    Sensiz bir kunim ham men yashay olmayman.
    Man seni ko`p o`ylayman,
    Lekin sen qalbimni nega yondirasan?

    Nelar desam, nelar desam,
    Shodlanasan nelar desam?
    Sevgimga sen ishonasan nelar desam?
    Nelar desam, nelar desam,
    Sen kelasan nelar desam?
    Yuragingdan joy berasan nelar desam?

    Man seni sog`inaman,
    Sensiz bir kunim ham men yashay olmayman.
    Oh, seni ko`p o`ylayman,
    Lekin sen qalbimni nega yondirasan?

    Nelar desam, nelar desam,
    Shodlanasan nelar desam?
    Sevgimga sen ishonasan nelar desam?
    Nelar desam, nelar desam,
    Sen kelasan nelar desam?
    Yuragingdan joy berasan nelar desam?