Tog’da bordir do’lana,
Bog’da bor bir bedana.
Jizzax yigitlaridek
Mardlar qayda bor yana?

Qumg’on suvi qaynaydi,
Pamil choyni damlaydi.
Buxoroning qizlari
Jonga olov qalaydi.

Omon yor o’ynasangchi, omon yor,
Belingni bog’lasangchi, omon yor.
Mening yurtim qizlari-ey, omon yor,
Bir-biridan chiroylik, omon yor.

Farg’onaning qizlari, omon yor,
Shahlo ekan ko’zlari, omon yor.
Namanganlik dugonasin, omon yor,
Biram shirin so’zlari-ey, omon yor.

Yetilganda kishmishlar,
Qayrilarmi qamishlar?
Andijonning yigitlari
Bitta so’zli demishlar.

Omon yor o’ynasangchi, omon yor,
Belingni bog’lasangchi, omon yor.
Mening yurtim qizlari-ey, omon yor,
Bir-biridan chiroylik-ey, omon yor.

Lolachada ishim bor,
Kissamda kishmishim bor.
Aqlim olgan toshkanlik
Bir qizchada ishqim bor.

Olmaning oqi bilan,
Yonida yaprog’i bilan.
Navoiyning qizlariga
Yarashar “Yor-yor”, “O’lan”.

Kiyib kovush-mahsini,
Ko’rsatadi raqsini.
Kuylaganda bulbullar
Xorazm lazgisini.

Soatim tillo zanjir,
Bog’larda terdim anjir.
Surxondaryo polvoni
Bo’lar uloqda abjir.

Omon yor o’ynasangchi, omon yor,
Belingni bog’lasangchi, omon yor.
Mening yurtim qizlari-ey, omon yor,
Shahlo ekan ko’zlari-ey, omon yor.

Kovushim tangra qushim,
Tog’larni kezgan kovushim.
Samarqandlik bir go’zal
Oldi voh-a, aqlu hushim.

Omon yor o’ynasangchi, omon yor,
Belingni bog’lasangchi, omon yor.
Mening yurtim qizlari-ey, omon yor,
Bir-biridan chiroylik-ey, omon yor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon yor
Xonanda:
Davron Ergashev, Malika Egamberdiyeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2015