Yuragim og`risa bir darddan,
Goh qalbim qiynalsa hasratdan,
Erkalab, ovutgan o`zingiz,
Malhamdir menga shirin so`zingiz.

Siz mening boyligimsiz,
Davlatim, oyijon, oyijon.
Siz tufayli mag`rurdir
Savlatim, oyijon, oyijon.

Duoyingiz afzaldir zarlardan,
Oyijon, oyijon.
Chiroylisiz hamma go`zallardan,
Oyijon, oyijon.

Baxtimga sog` bo`ling, munisginam,
Ko`rmayin aslo ko`zingizda nam.
Siz uchun bu hayotda men hamon
Bolaman, yoshim qirqqa yetsa ham.

Siz mening boyligimsiz,
Davlatim, oyijon, oyijon.
Siz tufayli mag`rurdir
Savlatim, oyijon, oyijon.

Duoyingiz afzaldir zarlardan,
Oyijon, oyijon.
Chiroylisiz hamma go`zallardan,
Oyijon, oyijon.

Yolg`izimsiz, yagonamsiz dunyoda,
Xonadonim farishtasi siz, onam.
Yashiyam baxtimga siz bor, onajon,
Bosgan har qadamim oydek nurafshon.
Bilmam yozilgandir ne qismat, ammo
Duoyingiz bilan yuribman omon.

Siz mening boyligimsiz,
Davlatim, oyijon, oyijon.
Siz tufayli mag`rurdir
Savlatim, oyijon, oyijon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oyijon
Xonanda:
Davron Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 22, 2016