Kel, qizgina, bo’ylari rayhon-rayhon,
Jamoling ko’rib, aqlim hayron-hayron.
Kel, qizgina, bo’ylari rayhon-rayhon,
Jamoling ko’rib, aqlim hayron-hayron.

Bir qoyada bir juft kaklik
Birga o’ynab, sayrasin.
Kel, yorim, birga bo’laylik,
Zor ko’ngillar yayrasin.

Bir daraxtning ikki bargi
Biz ikkimiz bo’lamiz.
Bitta ikki yurak dardi
Biz o’zimiz bo’lamiz.

Bir qoyada bir juft kaklik
Birga o’ynab, sayrasin.
Kel, yorim, birga bo’laylik,
Zor ko’ngillar yayrasin.

Bir daraxtning ikki bargi
Biz ikkimiz bo’lamiz.
Bitta ikki yurak dardi
Biz ikkimiz bo’lamiz.

Kel, qizgina, bo’ylari rayhon-rayhon,
Jamoling ko’rib, aqlim hayron-hayron.
Kel, qizgina, bo’ylari rayhon-rayhon,
Jamoling ko’rib, aqlim hayron-hayron.

Men yerda-yu sen oylarda,
O’rtada qoldi osmon.
Oq bulutli saroylarda
Suraylik davru-davron.
Bir lochinning qo’sh qanoti
Biz ikkimiz bo’lamiz.
Ikki qirg’oq o’rtasida
Daryo bo’lib to’lamiz. (x2)

Kel, qizgina, bo’ylari rayhon-rayhon,
Jamoling ko’rib, aqlim hayron-hayron.
Kel, qizgina, bo’ylari rayhon-rayhon,
Jamoling ko’rib, aqlim hayron-hayron. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rayhon
Xonanda:
Davron Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016