Davron Ergashev - Yana sensiz qo'shiq matni, lyrics

Davron Ergashev

Yana sensiz

Yodingdami, sevgilim,
Biz uchrashgan u damlar?
Go`yo muhabbat yo`li
Bo`lgandi sabab.

O`tardi birin-ketin
Hamma atrofimizdan,
Halal bermayin shirin
Xayolimizga.

Oylar o`tib, yil o`tib,
Taqdir bo`ldi beshafqat.
Ikkimizni ayirib,
Armon bo`ldi muhabbat. {x2}

Yana sensiz, yana sensiz
Yurak to`la sevgim tengsiz.
Ikkimizga yolg`on,
Bir muhabbat bo`ldi armon. (x2)

Oz bo`lsa ham juda soz
O`tdi baxtli u onlar,
Lek biz ishongan u rost
Ekan yolg`onlar.

Yurak to`la orzular
Bo`lib bizga bahona,
Dilga o`zga qayg`ular
Edi begona.

O`sha shirin lahzalar
O`xshab go`yo bir tushga,
Birga o`tgan u damlar
Aylandilar o`tmishga. {x2}

Yana sensiz, yana sensiz
Yurak to`la sevgim tengsiz.
Ikkimizga yolg`on,
Bir muhabbat bo`ldi armon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yana sensiz
Xonanda:
Davron Ergashev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017