• Davron Ergashev - Yangi yil

    Davron Ergashev

    Yangi yil

    Beg’ubor qor parchalari
    O’ynab-o’ynab yog’ar shu dam,
    Orzu-istagimiz kabi
    Oq libosdadir bu olam.

    Yuraklarda hayajon bor,
    Shodlikka to’lar dillar ham,
    Yoru-do’st, yaqinlar
    Bir davrada bo’lamiz jam.

    Yangi yil, yangi bayram,
    O’ynang do’stlar yana birga,
    Yangi omad va yangi baxt
    Kulib boqsin hammamizga.
    Yangi-yangi yilda.

    Kuy-qo’shiqlar jaranglaydi
    Bugun har bir xonadonda,
    Saxiy el ko’ngli yashnaydi,
    To’kinlik har dasturxonda.

    Bolajonlar o’ynab-kular,
    Yoshlar zavqlanar shu onda,
    Onajonlar duo qilar,
    Bor bo’laylik gul makonda.

    Yangi yil, yangi bayram,
    O’ynang do’stlar yana birga,
    Yangi omad va yangi baxt
    Kulib boqsin hammamizga.
    Yangi-yangi yilda.

    Shoshar yurtimizga…
    Baxt keltiradi bizga…

    Yangi yil, yangi bayram,
    O’ynang do’stlar yana birga,
    Yangi omad va yangi baxt
    Kulib boqsin hammamizga. (x2)
    Yangi-yangi yilda.