Ikkingiz naqadar xushvaqtsiz bugun,
Chunki sevgingizga yetishursiz siz.
Baxtli kunlaringiz bugundan bo’lar,
Ikki sevgan yurak qovishur bugun. (x2)

Tangri o’zi qo’llasin ikki yurakni,
Duoga qo’l ochib, qiling tilakni.
Bo’lsin gul qizingiz, shirin o’g’lingiz,
Muborak-muborak bo’lsin to’yingiz.

Muborak, muborak,
Muborak-muborak bo’lsin to’yingiz. (x2)

Qo’sh orzu, tilaklar yor sizga bugun,
Onalar yuzida sevinch va huzur.
Chin shodlik bersin bu sevgi bog’ingiz,
Muborak-muborak bo’lsin to’yingiz. (x2)

Tangri o’zi qo’llasin ikki yurakni,
Duoga qo’l ochib, qiling tilakni.
Bo’lsin gul qizingiz, shirin o’g’lingiz,
Muborak-muborak bo’lsin to’yingiz.

Muborak, muborak,
Muborak-muborak bo’lsin to’yingiz. (x2)

Muborak-muborak bo’lsin to’yingiz…
Muborak bo’lsin to’yingiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muborak
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 18, 2015