• Oh ursam, ohimdan osmon qo’zg’alar,
    Dardim ko’tarmaydi, zamin tebranar.
    Tanamda omonat jonim to’lg’onar,
    Ona, sabringizga, ota, sabringizga
    Suyanay biroz.

    Onam, ona, sabringizga,
    Ota, sabringizga suyanay biroz.

    Omad sahrosidan sarobga chopdim,
    Taqdirim shu ekan, qayga ham qochdim?
    Bu dardmand yurakni kimga ham ochdim?
    Ona, sabringizga, ota, sabringizga
    Suyanay biroz.

    Onam, ona, sabringizga,
    Ota, sabringizga suyanay biroz.

    Ko’zimga tor kelib gohi keng olam,
    Toshlarda qolibti-ya ko’ksimda nolam.
    Ko’zdagi yoshimni ko’rmasin bolam,
    Ona, sabringizga suyanay biroz.

    Yasharman g’oyibdan kutib bir xabar,
    Men o’zim zar qadrin bilmagan zargar.
    Kechiring, dil ozor bo’lsam ham agar,
    Ona, sabringizga, ota, sabringizga
    Suyanay biroz.

    Onam, ona, sabringizga,
    Ota, sabringizga suyanay biroz. (x2)