Bugun yana bahorlarga yalindim,
Umr degan anhorlarga yalindim,
Soniya-yu misqollarga yalindim,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Yuzlarida ajin degan dog’ ko’rindi,
Sochlarida buncha erta oq ko’rindi,
Xayollarim har tomonga qoq bo’lindi,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Umr shuncha tez o’tibdimi,
Keksalik qo’lin tutibdimi,
Ko’nglim armonga to’libdimi, (2x)
Ota-onam qaribdimi?

Xazonlarga to’lmay turing bog’larim-ey,
Yuzimga chang solmay turing dog’larim-ey,
Shoshmay turing, ey siz, baxtli chog’larim-ey,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Bugun yana havotirga chalindim,
Umid bilan armonlarga tanildim,
Karami keng osmonlarga yalindim,
Tez qaritib qo’ymang otam-onamni deb.

Umr shuncha tez o’tibdimi,
Keksalik qo’lin tutibdimi,
Ko’nglim armonga to’libdimi, (2x)
Ota-onam qaribdimi?

Ko’ngil qushi kezsaydim ko’p olam derkan,
Xofiz qani zo’r bo’lsaydi nolam derkan,
Ota-ona o’lgunicha bolam derkan,
Ayting, do’stlar farzand qachon
Otam derkan, onam derkan?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-ona
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2015