Dildora Niyozova - O'zbekiston

Dildora Niyozova

O’zbekiston

Onajonlar allasin tinch aytmoq uchun,
Bolajonlar shirin tushlar ko`rmoq uchun,
Haqqing bordir tog`day ko`ksing kermoq uchun,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Qushingning ham uyi bevaqt buzilmagay,
Yurtim deb mard taqqan kamar uzilmagay.
Yov otidan bir kaft tuproq ezilmagay,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Nonu tuzing oqlamoqqa shaymiz har on,
Jahonning sher yuragi bo`l, O`zbekiston.
Bolam degan so`zing bizga oliy unvon,
Biz bor – yovlar yo`lolmagay, O`zbekiston,
Osmoning tinch bo`lsin O`zbekiston.

Temur bobom deganlar: Kuch – adolatda,
Samarqandu Buxorolar samovotda.
Yurtda tinchlik bo`lsa, el ham halovatda,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Ulug`beklar qo`ydi oyu ko`kka narvon,
Buyuk Ipak yo`llarida oltin karvon,
Karvon yo`li bexatardir, ulug` sarbon,
Xavfsizlik deb, xizmatda mard o`g`lonlaring,
Ona Vatan, omon bolg`ay qo`rg`onlaring.

Nonu tuzing oqlamoqqa shaymiz har on,
Jahonning sher yuragi bo`l, O`zbekiston.
Bolam degan so`zing bizga oliy unvon,
Biz bor – yovlar yo`lolmagay, O`zbekiston,
Osmoning tinch bo`lsin O`zbekiston. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 13, 2016