Dildora Niyozova - Ro'molim

Dildora Niyozova

Ro’molim

Daryolarning bo’ylarida bir tup chinor-a,
Bir tup chinor taglarida ko’zi xumor-a.
Ko’zi xumor ko’zlariga ko’zlar tegmasin,
Ko’zmunchog’im taqib qo’yay, bo’lsin tumor-a.

Daryolarning sohilida qoldi ro’molim,
Ro’molimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo’llaringiz chaqir ekan – tildi tovonim.

Daryolarning ul yuzida uchar o’rdaklar,
Bir-birovin quvalashib suzar o’rdaklar.
Bugun sizni ko’rmasam devonadurman,
Qadim-qadim qo’rg’onidan ko’char yuraklar.

Daryolarning sohilida qoldi ro’molim,
Ro’molimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo’llaringiz chaqir ekan – tildi tovonim.

Daryo dilin jimirlatgan tog’larning qori,
Yigitni ham, suluvni ham o’ldirur ori.
Ori yo’qqa oshno bo’lib, ordan ayrildim,
Bunchalar ham dushvor ekan dunyoning kori.

Daryolarning sohilida qoldi ro’molim,
Ro’molimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo’llaringiz chaqir ekan – tildi tovonim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ro’molim
Xonanda:
Dildora Niyozova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2015