• Bugun eng chiroyli kun –
    Bugundan boshlab sen yonimdasan, azizam.
    Bundan ortiq baxt yo’q men uchun.

    Bu go’zal lahzalar buncha betakror,
    Senga borlig’im baxshida etaman,
    Jonim, faqat sen uchun.

    Yana-yana yashagim keladi sen uchun,
    Yana-yana yuragim uradi sen uchun,
    Yana qani bo’lolsam yoningda sen uchun,
    Yoningda sening butun umr.

    Yana-yana yashagim keladi sen uchun,
    Yana yangi ertagim aytaman sen uchun,
    Yana qani bo’lolsam yoningda sen uchun,
    Yoningda sening butun umr.

    Bu go’zal oqshomda
    Yurakka to’lar sirli tuyg’u va hayajon,
    Qalblarda yonar sehrli chiroq bor.

    Hayot shu bilan shirindir abad,
    Sevib-sevilgan dillarda
    Bo’lsa agar chin sevgi, muhabbat.

    Yana-yana yashagim keladi sen uchun,
    Yana-yana yuragim uradi sen uchun,
    Yana qani bo’lolsam yoningda sen uchun,
    Yoningda sening butun umr.
    Yana-yana yashagim keladi sen uchun,
    Yana yangi ertagim aytaman sen uchun,
    Yana qani bo’lolsam yoningda sen uchun,
    Yoningda sening butun umr. (x2)