Dilfuza Rahimova - Devona qildi

Dilfuza Rahimova

Devona qildi

Yillar bizni devona qildi,
Yo’llar bizni ovora qildi, (x2)
Tovus kabi tovlanib sevgi,
Ikkimizni parvona qildi. (x2)

Yillar bizni devona qildi,
Yo’llar bizni ovora qildi.

Ko’rishmasak sog’inamiz,
Goh urushib, og’rinamiz,
Xayollarga berilib har kun,
Sog’inch dilni mastona qildi. (x2)

Yillar bizni devona qildi,
Yo’llar bizni ovora qildi.

Biz yetamiz baxtga, sevgilim,
Og’rimasin diling, oh dilim,
Sog’inchlarsiz o’tib har yilim,
Hijronlarga begona qildi.

Yor, ko’zlaring sirli ko’zguday, (x2)
Oy taratgan yuzing yog’duday,
Sehrladi sevgi joduday,
Hijronlarga begona qildi.

Sehrladi sevgi joduday,
Hijronlarga begona qildi.

Yillar bizni devona qildi,
Yo’llar bizni ovora qildi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Devona qildi
Xonanda:
Dilfuza Rahimova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2015