• Gar tilasang, jonimni ham berayin,
    Farzandlaring saflarida turayin,
    Tikon kirsa, kiprigim-la terayin,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Men Buxoriy, Farg`oniylar nasliman,
    Samarqandiy, Termiziylar asliman,
    Shijoatda bobom Temur misliman,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Jonim fido, umrim fido elimga,
    Jonim fido, umrim fido elimga,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Tuprog`ining har zarrasi bir dunyo,
    Har zarrada jo bo`lgay bir avliyo,
    Tuprog`ini ko`zga aylab to`tiyo,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Mashaqqatlar o`tkinchidir, yurt mangu,
    Elim mangu, nomus ila yurt mangu,
    Boshim uzra yog`ilgan bu nur mangu,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Jonim fido, umrim fido elimga,
    Jonim fido, umrim fido elimga,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Azizdirsan farzandlarim yuziday,
    Muqaddassan onajonim ko`ziday,
    Mangudirsan bobolarim so`ziday,
    Jonim fido, umrim fido elimga.

    Jonim fido, umrim fido elimga… {x5}