Dilmurod Sultonov - Darbadarman

Dilmurod Sultonov

Darbadarman

Man yoningga boray desam,
Yuzingni bir ko`ray desam,
Jiyda terib beray desam,
Ko`nmadi yor.

Ey, jonimning jononasi,
Baland tog`ning do`lonasi,
Man dalli-yu devonasi,
Kelmadi yor.

Darbadarman-ey, darbadarman-ey,
Darbadarman-ey, darbadarman-ey.

Poshnalarin yerga urib,
Ayyor ko`zga surma surib,
Chapda yurib, o`ngda yurib,
Yayradi yor.

Sevdim desam, dedi ajab,
Xafa bo`lsam kulib qarab,
Olma bersam anor so`rab,
Qiynadi yor.

Yomg`irmasman tingani,
Shishamasman singani,
Boshqaga yor bo`lmaydi u,
Qiynadi yor.

Shamol bo`lib izladim-ey,
Manzilini bilmadim-ey,
Ko`rgan bormi qaro ko`zni,
Qayerda yor?

Darbadarman-ey, darbadarman-ey,
Darbadarman-ey, darbadarman-ey…

Kel deganda nozi kelib,
Kelma desa, o`zi kelib,
Bir ko`rinmay, bir ko`rinib,
Qiynadi yor.

Man yoningga boray desam,
Yuzlaringni ko`ray desam,
Jiyda terib beray desam,
Ko`nmadi yor.

Yomg`irmasman tingani,
Shishamasman singani,
Boshqaga yor bo`lmaydi,
Qiynadi yor.

Shamol bo`lib izladim-ey,
Manzilini bilmadim-ey,
Ko`rgan bormi qaro ko`zni,
Qayerda yor?

Darbadarman-ey, darbadarman-ey,
Darbadarman-ey, darbadarman-ey.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Darbadarman
Xonanda:
Dilmurod Sultonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 16, 2017