Dilnoza Ismiyaminova - Do'ppi tikdim

Dilnoza Ismiyaminova

Do’ppi tikdim

Sevinchimiz dunyocha bor,
Yurtimizda yashnar bahor, jo-o-n.
Yurtimizda yashnar bahor,
Ko’hna gullar bo’ldi gulzor, jo-o-n.

Sayr etaylik asta-asta,
Gul teraylik dasta-dasta.
Sayr etaylik asta-asta,
Gul teraylik dasta-dasta.

Do’ppi tikdim, ipaklari tillodan, (tillodan)
Ipaklari, demang, zari tillodan. (tillodan)
Jilo bersam gullariga, {x2}
Ko’zing olur, bezaklari tillodan. (tillodan) {x2}

Ko’zing otashiga olma uni, lola, {x2}
Dili joni bilan nola qilur, nola,
Dili joning ila kuyla, go’zal lola. (x2)

Dili pora yigit, yora yigit,
Kuyla, dilim sanda.
Yana kuyla baland, kuyla baland,
Ochsa dilim zora.

Ko’zing otashiga olma uni, lola, {x2}
Dili joni bilan nola qilur, nola,
Dili joning ila kuyla, go’zal lola. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Do’ppi tikdim
Xonanda:
Dilnoza Ismiyaminova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2015