• (Odam Ato-yu Momo Havodan qolgan eski bitmagan qasr – muhabbat.
    Har kim o`zi uchun to`qiydigan eski ertak, eski dard, eskirmaydigan dard – muhabbat.
    Unutdim degandim… Unutdim degandim, endi bas, degandim. Lekin yodimga solaveradi qadrdon ko`chang, yog`och darvozang, tanish qayrag`och.
    Tanish qayrag`och tagida yuragimni yoqib, yo`lingga boqib kutayapman. Kelarmikinsan-a?

    Azoblaring dilim tilar, sen bilmading,
    Kulay desam, ko`zim yig`lar, sen bilmading.
    Eslamadi bir bor, dema go`zalginam,
    Eslaganim Xudo bilar, sen bilmading.

    Nima qilay, bir dali-yu devonaman,
    Oyog`ing-la xor etganing – ostonaman.
    Dilimda sen, lekin senga begonaman,
    Yuragimda armon yig`lar, sen bilmading.

    Eshit gulim, armonlarga to`ldi dilim,
    Yig`la gulim, ayri tushdi endi yo`lim.
    Esla gulim, olisdasan, yetmas qo`lim,
    Fig`onimdan osmon yig`lar, sen bilmading,
    Azoblaring dilim tilar, sen bilmading.)

    Yor-yorning ovozi kelyapti,
    Suyganim kimga yor bo`lyapti? (x2)
    Umidim gullamay so`lyapti,
    Tanish tor ko`chadan qaytyapman,
    Men seni haliyam kutyapman. (x2)

    Kutyapman, kutyapman, kutyapman,
    Men seni haliyam kutyapman. (x2)

    Sen ketsang topganday tengingni,
    Ne qilay bekasiz sevgimni? (x2)
    Hayotga bir siltab yengimni,
    O`tyapman, o`ttizdan o`tyapman,
    Men seni haliyam kutyapman. (x2)

    Kutyapman, kutyapman, kutyapman,
    Men seni haliyam kutyapman. (x2)

    Mana, oq oralar sochimga,
    Bir kuni kelarsan qoshimga. (x2)
    Zor yig`lab turarsan boshimda,
    Oxirgi so`zimni aytyapman:
    Men seni haliyam kutyapman. (x2)

    Kutyapman, kutyapman, kutyapman,
    Men seni haliyam kutyapman. (x2)

    Yor-yorning ovozi kelyapti,
    Suyganim kimga yor bo`lyapti? {x3}