Dilshod Rahmonov - Onang duosini ol

Dilshod Rahmonov

Onang duosini ol

Tuhmat egolmas boshing,
Oqmaydi ko`zda yoshing,
So`nmas sira quyoshing –
Onang duosini ol. (x2)

Otdasan goh piyoda,
Gohi kam, goh ziyoda,
Hamma gap shu duoda,
Onang duosini ol. (x2)

Qilganing sal himmatdan,
Tilingni tiy minnatdan,
Umid bo`lsa jannatdan,
Onang duosini ol.

Boringga ham uchmagan,
Yo`g`ingda ham qochmagan,
Kuydirsang ham kechmagan,
Onang duosini ol. {x2}

Sochi to`lib qirovga,
Zor bo`lganda qarovga,
Qayrilma hech birovga,
Onang duosini ol.

Duosidan kuch olib,
Yot poyiga joy solib,
O`rtanmagin kech qolib,
Onang duosini ol.

O`rtanmagin kech qolib,
Onang duosini ol. {x2}

Azam barcha hoyi-havas,
Oq sutiga arzimas,
Bo`yningdagi oliy qarz –
Onang duosini ol.

Onang duosini ol,
Otang duosini ol.

Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onang duosini ol
Xonanda:
Dilshod Rahmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 2, 2017