Dilso'z - Aldab-aldab qo'shiq matni, lyrics

Dilso'z

Aldab-aldab

Yarmim yo`qdek bo`lib qoldim,
Dard kelsa ham, ko`nib qoldim.
Ayyor, aldab qarashlaringga,
Rostdan, ishon, o`lib qoldim.

Sevgining eshigini ochib ketding,
Yonsa qalbim, cho`chib ketding.
Endi sevib qolganimda
Yaramas, qayga qochib ketding?

Jonim olding aldab-aldab,
So`zlarni tanlab-tanlab.
Jonim olding aldab-aldab,
O`zingni ko`p maqtab. (x2)

Shartim bitta, ko`nsang bas,
Sevgim mani shu xolos.
Aytgin, qalbingga taftdan
Mehrim beray bo`lsa oz.

Sevgining eshigini ochib ketding,
Yonsa qalbim, cho`chib ketding.
Endi sevib qolganimda
Yaramas, qayga qochib ketding?

Jonim olding aldab-aldab,
So`zlarni tanlab-tanlab.
Jonim olding aldab-aldab,
O`zingni ko`p maqtab. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aldab-aldab
Xonanda:
Dilso'z
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2018